(862)228-65-30 | (862)228-65-34 info@khorezmarchive.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 27-09-2018, 12:25

Savol va javoblar

Barcha qiziqtirgan savollaringizniinfo@khorezmarchive.uz manziliga jo'natishingiz mumkin. Savolingizga javob ushbu sahifaga joylanadi.
Savol: Turmush ortogimning singlisi boshqa shaxarda yashaydi, zarurat tugilganligi sababli ish haqi togrisidagi malumotnomani arxiv muassasalaridan olib berishni iltimos qildi, shaxsimni tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilib malumotnoma olishim mumkinmi?
Javob: Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi Ozbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish togrisidagi 101-sonli qaroriga asosan fuqaro yoki uning ishonchli vakili arxivga shaxsan murojaat qilganda arxiv malumotnomasi, arxiv kochirmasi va arxiv nusxasi fuqaroga uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat korsatilgan holda; ishonchli vakilga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma korsatilgan holda beriladi. Arxiv malumotnomasini va arxiv kochirmasini oluvchi ularning nusxalariga yoki ularga qoshimcha xatlar orqasiga ularni olgan sanasini korsatgan holda imzo qoyadi.

Savol: Davlat arxivida qaysi xizmatlar bepul amalga oshiriladi?
Javob: Bepul amalga oshiriladigan xizmatlarga ijtimoiy-huquqiy sorovlarni bajarish, xususan, 10 yillik muddat uchun mehnat faoliyati va ish haqini tasdiqlash togrisidagi, yuridik shaxsni qayta nomlash togrisidagi, oquv muassasalarida oqiganlikni tasdiqlash togrisidagi, mukofotlanganlik togrisidagi arxiv malumotnomalarini berish kiradi.

Savol: Mulkga egalik faktini belgilash maqsadida menga bir nechta tashkilotlar hujjatlaridan tasdiqlovchi malumotlar kerak bolmoqda. Qaysi turdagi hujjatlar idora va tashkilotlarning arxivlarida uzoq muddat saqlanadi?
Javob: fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari, notarial harakatlar yozuvlari, shaxsiy tarkib boyicha hujjatlar, sud ishlari va xojalik kitoblari idoraviy arxivlarda etmish besh yil mobaynida saqlanishi lozim.
Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari, notarial harakatlar yozuvlari, sud ishlari va xojalik kitoblarini idoraviy arxivlarda vaqtincha saqlash muddatlari otgach ular belgilangan tartibda davlat arxivlariga topshiriladi.

Savol: Men tez kunlarda nafaqaga chiqishim kerak, men bilan birga ishlagan hodimlar biz ishlagan tashkilot hujjatlarini arxiv muassasalariga topshirmasdan tugatilganligini aytishdi, aytingchi men ushbu holatda ishlaganlik faktini qanday belgilashim kerak?
Javob: Agarda Siz ishlagan tashkilot hujjatlarini davlat arxivlariga topshirmasdan tugatilgan bolsa, tegishli Fuqarolik ishlari boyicha sudlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Savol: Men ishlagan tashkilot bugungi kunda faoliyat olib bormaydi, tugatilgan, tugatilgan tashkilot binosida boshqa yangi tashkilot faoliyat korsatmoqda, tugatilgan tashkilot hujjatlari ushbu binoda saqlanmoqda, aytingchi ushbu hujjatlarni arxiv saqloviga topshirish tartibi qanday, tartibga keltirish va saqlash uchun arxivlarga pul tolanadimi?
Javob: Yangi tashkilot rahbariyati va tugatilgan tashkilotda ishlagan hodim (hodimlar) ishtirokida hujjatlarni xatlovdan otkazib qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida arxiv saqloviga qabul qilinadi.
Xorazm viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2015 yil 6 fevraldagi chora-tadbirlar rejasiga asosan arxiv muassasalari tomonidan egasiz hujjatlar bepul tartibga keltiriladi va bepul saqlovga qabul qilinadi.

Savol: Mening xaydovchilik guvoxnomam qoidabuzarligim sababli YXX hodimlari tomonidan olib qoyilgan edi, ushbu hujjatni qaerdan olishim mumkin?
Javob: Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30 oktyabrdagi 482-sonli qaroriga asosan Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar hujjatlarini arxiv muassasalari saqloviga topshirmasdan, ozlarining idoraviy arxivlarida doimiy saqlaydilar, ushbu sababli yol harakati xavfsizligi tashkilotiga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.

Savol: Mening nomimga Bogot tuman Hokimligining 2002 yildagi qaroriga asosan er orni ajratish togrisida qaror chiqgan, ushbu qarori nusxasini qaysi arxiv muassasasidan olishim mumkin?
Javob: Xorazm viloyat, Urganch shaxar va tumanlar (Xiva, Shovot va Urganch tumanlardan tashqari) hokimliklar hujjatlari boyicha Urganch shaxri Al-Xorazmiy kochasi 23-uyda joylashgan Xorazm viloyat Hokimligi arxiv bolimiga murojaat qilishingiz mumkin.

Savol: Men rahbarlik qilayotgan hususiy korxonani ozimning hohishim bilan faoliyatini toxtatmoqchiman, aytingchi hujjatlarni arxiv saqloviga topshirish uchun narxnoma mavjudmi?
Javob: Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi Ozbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish togrisidagi 101-sonli qaroriga asosan hujjatlar arxiv saqloviga belgilangan tartibda tartibga keltirilgan holda topshirilishi kerak.
Tashkilotlarning hujjatlarini tartibga keltirganlik uchun pullik xizmat narxi Respublikada yagona bolgan Arxiv xizmatlarini kursatish U-18-04-71 narxnomasi asosida amalga oshiriladi.

Savol: Men arxiv muassasasidan ish xaqlarim togrisidagi arxiv malumotnomasini oldim, ish haqi kitoblariga jismoniy zarar etganligi sababli mening ism va familiyam yozilgan varaqlarning ayrimlari saqlanib qolmagan, ushbu sababli ish haqlarim toliq taqdim qilinmadi. Men ish xaqimni qanday qilib toliq qabul qilishim mumkin?
Javob: Zarar etgan varaqlarning nusxalari olinib tegishli tartibda fuqarolik ishlari boyicha sudlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Savol: Arxivlar tomonidan sorovlar qanday muddatlarda ijro etiladi?
Javob: Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi Ozbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish togrisidagi 101-sonli qaroriga asosan ijtimoiy-xuquqiy mazmundagi sorovni arxivda bajarish muddati royxatga olingan vaqtdan boshlab 30 kundan oshmasligi kerak. Ushbu muddat, zarurat bolganda, arxiv rahbari tomonidan majburiy tarzda foydalanuvchiga malum qilgan holda uzaytirilishi mumkin. Arxivning ilmiy-malumotnoma apparati boyicha sorovni bajarish muddati royxatga olingan vaqtdan boshlab 15 kundan oshmasligi kerak.

Savol: Arxiv muassasasiga tashrif buyurmasdan axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda elektron sorov yuborish mumkinmi va elektron sorovga qanday talablar qoyiladi?
Javob: Ozbekiston Respublikasining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari togrisidagi Qonunning 4-moddasiga asosan elektron murojaat yuborish huquqiga egasiz.
Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bolgan elektron hujjat shaklida bolishi kerak. Elektron murojaat qonunda belgilangan talablarga muvofiq bolishi kerak.
Murojaatda yuridik shaxsning nomi (fuqarolar uchun familiyasi, ism va otasining ismi), pochta manzili va/yoki foydalanuvchining elektron pochta manzili, mavzu (masala) va soralayotgan malumotning xronologiyasi korsatilgan bolsa arxiv tomonidan korib chiqiladi va bajariladi.
newprogs.net , allfilm.net
Chiqish