(862)228-65-30 | (862)228-65-34 info@khorezmarchive.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 27-09-2018, 12:25

Axborotdan foydalanuvchilarning ochiq direktsiya yigilishlarida hozir bolishi tartibi

Axborotdan foydalanuvchilarning Xorazm viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi ochiq direktsiya yigilishlarida hozir bolishi tartibi togrisidagi nizom

Mazkur Nizom Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, axborotdan foydalanuvchilarning Xorazm viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi (keyingi orinlarda Boshqarma deb yuritiladi) ochiq direktsiya yigilishlarida (keyingi orinlarda Ochiq majlislar deb yuritiladi) hozir bolishi tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga asosan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati togrisida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchi hisoblanadi.
2. Mazkur Nizom talablari Boshqarma tomonidan ochiq majlisda ishtirok etish uchun taklif etilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Boshqarma:
mazkur Nizom asosida axborotdan foydalanuvchilarning ochiq majlislarida hozir bolishi tartibini belgilashi?
ochiq majlislarda axborotdan foydalanuvchilarning hozir bolishi uchun sharoitlar yaratishi lozim.
4. Boshqarma direktsiya yigilishi ochiq tarzda otkaziladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
5. Boshqarma axborotdan foydalanuvchilarning tanishib chiqishlari uchun binoning hamma kirishi mumkin bolgan xonalarida va (yoki) maxsus ajratilgan joylarida ochiq majlislarni otkazish rejalari, shu jumladan majlislarning kun tartibi loyihalari, ular otkaziladigan sana, joy va vaqt hamda boshqa zarur axborotlar axborot stendlari va (yoki) shunday maqsad uchun moljallangan texnik vositalarga majlis otkazilishidan kamida uch kun oldin joylashtirishlari shart.
2-bob. Axborotdan foydalanuvchilarning ochiq majlislarda hozir bolishi
6. Axborotdan foydalanuvchi Boshqarma ochiq majlislarida hozir bolish uchun Boshqarmaga sorov bilan murojaat qiladi. Sorov Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim.
Axborotdan foydalanuvchining identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan malumotlar korsatilmagan sorovlar anonim hisoblanadi va korib chiqilmaydi.
7. Sorov kelib tushgan kuni u Boshqarma tomonidan alohida maxsus jurnalda royxatga olinadi va zudlik bilan korib chiqiladi. Mazkur jurnal masul kotib tomonidan yuritiladi.
8. Sorovga asosan masul kotib axborotdan foydalanuvchini ochiq majlislarda ishtirok etuvchilar royxatiga kiritadi hamda bu haqda axborotdan foydalanuvchiga malum qiladi. Ochiq majlisning otkazilish sanasi, vaqti yoki joyi ozgargan taqdirda, bu haqda axborotdan foydalanuvchiga malum qilinadi.
9. Axborotdan foydalanuvchilar ochiq majlisiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida kiritiladi.
10. Axborotdan foydalanuvchi ochiq majlisga kelmagan taqdirda, masul kotiblar tomonidan bu haqda maxsus jurnalga yozib qoyiladi.
11. Boshqarma oz imkoniyatlaridan hamda axborotdan foydalanuvchilar sonidan kelib chiqib, ochiq majlis otkaziladigan zalda axborotdan foydalanuvchilar uchun joy tayyorlaydi. Axborotdan foydalanuvchilar ochiq majlis otkaziladigan zalga maxsus jurnaldagi qayd etish ketma-ketligi asosida joylashtiriladi.
Axborotdan foydalanuvchilar sonining kopligi sababli, ularni ochiq majlis otkazilayotgan zalga joylashtirish imkoni bolmagan taqdirda, ular ochiq majlisning borishini video tasvir orqali moneliksiz kuzatib borishlari mumkin bolgan xonaga joylashtirilishi mumkin.
12. Boshqarma tomonidan oz imkoniyatlaridan kelib chiqib, axborotdan foydalanuvchilar ochiq majlisning borishini video tasvir orqali moneliksiz kuzatib borishlari mumkin bolgan alohida xona jihozlab qoyilishi mumkin.
13. Axborotdan foydalanuvchilar ochiq majlis boshlangunga qadar belgilangan joyga etib kelishi, royxatdan otishi va belgilangan joyga otirishi lozim. Axborotdan foydalanuvchilar raislik qiluvchi tomonidan majlis boshlanganligi elon qilingandan song kelgan taqdirda, kechikib kelgan hisoblanadi va majlisga qoyilmaydi.
14. Axborotdan foydalanuvchi Boshqarma tomonidan tasdiqlangan ochiq majlisning reglamentida belgilangan tartibda majlisda Direktsiya azolariga savollar bilan murojaat qilish huquqiga ega.
15. Axborotdan foydalanuvchi tomonidan ochiq majlislar davomida ochiq majlis muhokamasiga taalluqli bolmagan va ushbu majlisda muhokama qilinmagan masalalar boyicha fikr-mulohazalar bildirilgan yoki savollar bilan murojaat etilgan taqdirda, unga mazkur masala boyicha axborot olish tartibi tushuntiriladi.
16. Axborotdan foydalanuvchi ochiq majlis otkazilayotgan vaqtda tartibni buzmasligi shart. Axborotdan foydalanuvchi majlis otkazilayotgan vaqtda tartibni buzgan taqdirda, raislik qiluvchi tomonidan ogohlantiriladi.
Axborotdan foydalanuvchi tartibni takroran buzgan taqdirda, u raislik qiluvchi tomonidan majlis otkazilayotgan zaldan chiqarib yuboriladi. Mazkur holat yuzasidan masul kotib dalolatnoma tuzadi va dalolatnoma raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
17. Axborotdan foydalanuvchilarga ochiq majlisni fotosuratga, video tasvirga olishga hamda majlisda ovoz yozish vositalaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
18. Majlis bayonnomasida ochiq majlisda hozir bolgan axborotdan foydalanuvchilarning ishtiroki haqida tegishli malumotlar korsatilishi lozim.
newprogs.net , allfilm.net
Chiqish