(862)228-65-30 | (862)228-65-34 info@khorezmarchive.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 27-09-2018, 12:25

Narxnomalar

Aholiga pullik xizmatlardagi imtiyozlar!
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi togrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi 54-sonli qarori, 2012 yil 5 apreldagi Ozbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish togrisidagi 101-sonli qarori 4-ilovasi, 2014 yil 22 apreldagi Arxivlarning asosiy ish turlari boyicha vaqt va ishlab chiqarishning namunaviy normalarini tasdiqlash togrisidagi 100-sonli qarori, Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 12 sentyabrda 2615-son bilan royxatdan otkazilgan Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda korsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi togrisidagi Nizom, 2015 yil 16 yanvarda Ozarxiv agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlanib, Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Davlat arxivlari tomonidan korsatiladigan xizmatlarning narxlari hisob-kitobi boyicha uslubiy tavsiyasiga asosan viloyat arxiv muassasalarida korsatiladigan xizmatlarning narxnomalari ishlab chiqilib amaliyotga joriy qilindi.
2017 yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili munosabati bilan alohida faktlar, voqealar, malumotlarni aniqlash (tasdiqlash) boyicha mavzuli sorovlarni bajarish, shu jumladan kino, foto, fono hujjatlar asosida malumotnomalar tayyorlash narxlari 61649.10 somdan malumotnomani tayyorlashga sarflanadigan vaqtdan kelib chiqgan holda 12000 va 35000 somlarga kamaytirildi.
Viloyat davlat arxivi hodimlarining yigilish bayonnomasiga asosan Xorazm viloyat davlat arxivi tomonidan pulli asosda korsatiladigan xizmatlar nomenklaturasiga asosan jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar korsatishda kam taminlangan shaxslarga, I va II guruh nogironlariga, ulug vatan urushchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga, boquvchisini yoqotgan yakka yolgiz qariyalarga pulli asosda korsatiladigan xizmatlar narxlari imtiyoz asosida 50 (ellik) foizga qisqartirildi.
Bundan tashqari mulkchilik shaklidan qatiy nazar tashkilotlarning hujjatlarini belgilangan muddatidan oldin saqlovga qabul qilish, shaxsiy tarkib hujjatlari va boshqa turdagi hujjatlarni saqlovga qabul qilish narxlari 12 oyga 2400 som qilib belgilandi.
Tashkilotlarning hujjatlarini muqovalash, tikishga tayyorlash va tikish xizmatlari uchun ham narxlar belgilandi.
Pulli asosda korsatiladigan xizmatlarni tezkor yoki qonunchilikda belgilangan muddatidan oldin ijro qilishda narxlarga quyidagicha
1 kun muddatda ijro qilishda 50 (ellik) foiz ustama
3 kungacha muddatda ijro qilishda 40 (qirq) foiz ustama
5 kungacha muddatda ijro qilishda 30 (otttiz) foiz ustama haq belgilandi.

Yuklab olish Fayl nomi: xorazm-viloyati-davlat-arxivi.zip Hajmi: [738,73 Kb] (Yuklab olingan: 1)

Yuklab olish Fayl nomi: xiva-shahar-davlat-arxivi.zip Hajmi: [1,26 Mb] (Yuklab olingan: 1)

Yuklab olish Fayl nomi: xonqa-tumani-davlat-arxivi.zip Hajmi: [162,88 Kb] (Yuklab olingan: 1)

Yuklab olish Fayl nomi: yangibozor-tumani-davlat-arxivi.zip Hajmi: [1,61 Mb] (Yuklab olingan: 2)
newprogs.net , allfilm.net
Chiqish